"Dinamo" Rossiyaning 10 karra chempioniga yengildi
«Dinamo» jamoasi BAAdagi ikkinchi yig‘ini doirasidagi birinchi uchrashuvni Abu-Dabida «Zenit»ga qarshi o‘tkazdi.
O‘yin oldidan «Zenit» «An-Nasr»dan Jon Duran transferini amalga oshirgan bo‘lsa-da, bu bahsda maydonga tushirilmadi. Shunga qaramay, Sergey Semak ham, Vadim Abramov ham uchrashuvni jangovar tarkibda boshladi.
Birinchi bo‘limda Aleksandr Erokhin Rossiya klubining yagona goliga mualliflik qildi, jamoamizdan esa Azizbek Amonov yakkama-yakka vaziyatdan foydalanа olmadi – 1:0.
Ikkinchi bo‘lim Samarqand jamoasi ustunligida o‘tgan bo‘lsa-da, Vadim Abramov shogirdlari bir qator imkoniyatdan foydalanа olishmadi. Bahsda Rossiyaning 10 karra chempioni minimal hisobda ustun keldi. 
Fikrlar