"Dinamo Samarqand" safida ukrainalik 20 yoshli futbolchi ko‘rikdan o‘tmoqda
Ikkinchi davraga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan «Dinamo» jamoasi Toshkentdagi yig‘in doirasida so‘nggi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Bu safar «Dinamo»ga qarshi Birinchi Liga peshqadamlaridan biri «NBU-Osiyo» jamoasi saf tortdi. Samarqand klubi murabbiylari bu o‘yinda ham ikki xil tarkibga o‘yin amaliyoti berishdi. Shu kuni jarohati bois Radu Rogak va Jonibek Ko‘chimovlar «Dinamo»ga yordam bera olishmadi.
Shuningdek, shu kuni jamoa tarkibida ukrainalik 20 yoshli hujumkor yarimhimoyachi Artyom Makarchenko murabbiylar ko‘rigida ishtirok etdi.
Uchrashuvdagi uchta gol ham 11 metrlik nuqtadan kiritildi. «Dinamo»ning gollariga Iskandar Xolmirzaev va Abdumalik Abdullaevlar mualliflik qilishgan bo‘lishsa, «Bankchilar» golini Orifxo‘ja Abduxoliqov kiritdi.
Shunday qilib, ikkinchi davra oldidan Toshkentda 4 ta nazorat o‘yini o‘tkazgan «Dinamo» dastlabki bahsda durang qayd etgan bo‘lsa, so‘nggi 3 o‘yinni g‘alaba bilan yakunladi.
Nazorat uchrashuvi. Toshkent.
25 iyul (seshanba)
«DINAMO» - «NBU-OSIYo» - 2:1
Gollar: Iskandar Xolmirzaev 59 pen., Abdumalik Abdullaev 68 pen., - Orifxo‘ja Abduxoliqov 57 penaltidan.
«Dinamo» (1-bo‘lim): Mixail Naumov, Mirkomil Lokaev, Shohruh Xolmatov, Adnan Oraxovats, Aleksey Nikolaev, Jasur Azimov, Artyom Makarchenko, Jasur Qurbonov, Komil Sharofutdinov, Doniyor Ismoilov, Sardor Sulaymonov.
«Dinamo» (2-bo‘lim): Temur Jo‘raev, Hakimxon A’lamxonov, Bunyod Isroilov, Akmal Bozorov, Timur Fayzullaev, Iskandar Xolmirzaev, Orif Mamajonov (Abbos Abdukarimov), Muhammad Rajabov, Artyom Makarchenko, Amirjon Safarov, Abdumalik Abdullaev.
«Dinamo». Toshkent. 20-25 iyul.
Nazorat uchrashuvlari:
20 iyul: «Dinamo» – «Navbahor» - 0:0
21 iyul: «Dinamo» – «Lokomotiv-BFK» - 2:1
22 iyul: «Dinamo» – «Qizilqum» - 2:0
25 iyul: «Dinamo» – «NBU-Osiyo» - 2:1
Eslatib o‘tamiz, «Dinamo» O‘zbekiston Kubogi yarim finali doirasidagi dastlabki uchrashuvni 31 iyul kuni «Bunyodkor» - «Neftchi» juftligi g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.
5 avgust kuni esa ikkinchi davraning dastlabki o‘yini – 16-tur doirasida Samarqandda «Metallurg»ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar