"Dinamo" tajribali hujumchisi bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 19.12.2024 14:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Samarqandning "Dinamo" jamoasi yangi mavsumga tarkibni kuchaytirishni boshladi. 

"Ko‘hna shaharliklar"ning birinchi yurishi Bahodir Nasimov bo‘ldi. 37 yoshli hujumchi klub bilan shartnomasini 2026 yilning 30 noyabriga qadar uzaytirdi. 

Ma’lumot uchun, Nasimov o‘tgan mavsum Superliganing 9 o‘yinida qatnashib, bitta assistni amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!