“Dinamo”ning 1-davradagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

  • 12 iyul, 2017, 15:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

So‘nggi ikki haftada davomida «Dinamo» klubi rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, jamoaning 23 yoshli futbolchisi Jasur Azimov muxlislar tomonidan 1-davraning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra Jasur Azimovga 66 ta ovoz berilgan bo‘lib, bu jami ovozlarning 24,5 % tashkil qilgan. Ushbu futbolchining muxlislar tanloviga aylanganligi bejizga emas. Jasur birinchi davrada «Dinamo» safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylangan. Azimov Oliy Ligada 14 o‘yinda, 1215 daqiqa davomida to‘p surgan. Uning «Nasaf» va «Neftchi» jamoalariga qarshi kiritgan ajoyib gollari «Dinamo»ga muhim ochkolarni taqdim etgan. U kerak paytda chap qanot himoyachisi, gohida tayanch yarimhimoyachisi sifatida to‘p surdi.

«Birinchi davraning eng yaxshi futbolchisi kim?» so‘rovnomasida Jasur Azimovga Amirjon Safarov «raqobatchilik» qildi. «Dinamo» hujumchisi 54 ovoz (20%) bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Safarov kubokdagi gollaridan tashqari, Oliy Ligada 4 marta raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi.

Bu safar 3-o‘rinda bir yo‘la ikki futbolchi joy oldi. Himoyachi Radu Rogak va hujumchi Abdumalik Abdullaevlar bir xil 40 tadan ovoz (14,8%) olishgan.

Muxlislar o‘rtasidagi so‘rovnomada, shuningdek, Javohir Qahramonov 27 ta (10%), Akmal Bozorov 13 (4,8%), Sardor Sulaymonov 12 (4,4 %), Mirkomil Lokaev 11 (4,1%), Orif Mamajonov, Mixail Naumovlar 4 ta (1,5 %) ovoz olishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!