"Dinamo"ning legioner futbolchisi "Surxon"ga ko'chib o'tdi
Richard Fraydey - Surxon futbolchisi!
«Surxon» transfer bozorida seleksiyani davom ettirmoqda. Termizliklar safiga navbatdagi yangi futbolchi qo‘shildi — nigeriyalik legioner Richard Fraydey. U 25 yoshda, asosiy pozitsiyasi vinger, biroq hujumchi sifatida ham harakat qila oladi
Bunga qadar u Yevropaning turli klublarida to‘p surgan, uning so‘nggi jamoasi esa Samarqandning «Dinamo» klubi bo‘lgan. Qiziqarli jihati shundaki, Richard o‘tgan mavsumda aynan «Dinamo» safida "Surxon" klubi darvozasini ishg‘ol qilgan edi. (Superliga–2025, 9-tur)
Ma’lumot uchun, Richard Fraydey 2000 yilning 16 fevralida Nigeriyada tug‘ilgan. Asl pozitsiyasi o‘ng qanot vingeri hisoblanadi.
Fikrlar