
"Dinamo"ning "Surxon"ga qarshi statistik raqamlari haqida
Bugun Superliganing 7-turida "Surxon" "Dinamo" bilan bellashadi. Bu uchrashuv oldidan jamoalarning o‘zaro o‘yinlar tarixiga to‘xtalmoqchimiz.
Samarqand va Termiz klublari oliy liga va Superliga tarixida 1992 yildan buyon jami 24 o‘yinda o‘zaro maydonga tushgan.
Raqiblarning uzoq vaqt o‘zaro o‘ynamaganiga 2005-2017 yillar davomida «Surxon» klubining yuqori divizionda to‘p surmagani sabab bo‘lgan. Jami 24 o‘yindan 10 bahsda «Dinamo»ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 9 uchrashuvda «Surxon» ustun kelgan. 5 o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati – 31:33.
Bugun, 13 may dushanba kuni Toshkentda o‘tadigan bahs o‘zaro 25-o‘yinga aylanadi.
«Surxon» va «Dinamo» o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuvda Samarqand jamoasi 2022 yilda «Surxon»ni Toshkentda 4:1 hisobida mag‘lub etgandi.
Fikrlar