Diyor Imomxo‘jaev: Bu holat bizni ham tashvishga soladi

  • 19 may, 2021, 18:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev VAR haqida yana bir bor o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Bir necha kun avval O‘FA Superliga va Pro liga klublari bosh murabbiylari ishtirokida katta yig‘ilish o‘tkazdi. Unda VAR masalasi ham ko‘tarildi va yo‘qotilayotgan daqiqalar muhokama qilindi.

Bu holat albatta bizni ham tashvishga soladi. Ammo VAR ilk mavsumda ishlayotganidan kelib chiqib, unga biroz vaqt berish ham kerak. VAR kerakmi yoki yo‘q savoli bugunga kelib dolzarb emas. Dolzarb masala uning qanday tartibda ishlashi. Biz bu texnologiyani ishlata oladigan iloji boricha ko‘proq mutaxassisga ega bo‘lishimiz shart. Shundan kelib chiqib, PFL o‘z pozitsiyasini bildirdi hamda VAR texnologiyasi xarid qilingan xorij kompaniyasi mutaxassislarini O‘zbekistonga olib kelish va hakamlar, inspektorlar, texniklar uchun katta seminar tashkil etishni so‘radi. Boisi bu ish bir yil avval pandemiya sabab ortga surilgandi, hozir shuning ayni vaqti.

Tanqidlar bo‘lishi tabiiy va bu normal holat. Ammo O‘zbekiston VAR bilan ishlashni boshlagan Osiyoning kamsonli mamlakatlari qatorida ekani yoqimli holat. Doim aytganimizdek, muammodan qochish emas, uni echish kerak. Vaqt ko‘p narsani tartibga soladi", - dedi PFL rahbari.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
19/05/2021 19:24
VAR ga ishlash yuq Narsani bor qilish emas. fahima qilmasdan oddiy mamentlarga tugri yondoshish kerak buldi. Fudbolmi Fudbolday mamentlarga Shahmat emaski. keyin Quliga tegdimi tegdi. Sudiya uyinni oldin qanday boshqargan bulsa huddi shunday boshqaraversin. VAR bor yuq uni qiziqtermasin. VARDAKILA uzi. analiz qilib habar bersin mamentlarga buldi. oddiy usha kuni. BUNYOTKOR Nasaf uyinniga uyinchi quliga tegdi. bermadiki bulmasa Qul elkadan ham balant holatka. Aziz Asimov. bir ogiz haqiqatni aytsa bulardiki. yoki bulmasa Nasaf sahal uyinni tezlatsa sudiya tuhtatib VAR dakilarni eshitib utiradida. keyin yana uyin deydi. yoki bulmasa. Qulogini. 10 minut. eshitib. keyin borib kuradi