
Diyor Imomxo‘jaev: "Bunday jamoani yanchib tashlash kerak"
Xabariniz bor, Toshkentning "Paxtakor" jamoasi OChL 2-turidan o‘rin olgan bahsda Saudiya Arabistonining "Al-Ta’avun" jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev mazkur bahs haqida fikr bildirdi.
"Paxtakor" g‘olib chiqqan bo‘lsa-da, ko‘ngil to‘lmagan jihatlar bor. Hojimat va Ikrom maydonga tushguniga qadar futbolchilarimiz o‘z o‘yinlariga qo‘sha olishmayapti. Vaholanki, o‘z muxlislari qarshisida yotib olib, o‘yin tempini sun’iy tushirayotgan (Paxtakorni to‘xtatish uchun) bunday jamoani iloji boricha yanchib tashlash kerak. Menimcha, muxlislarga g‘alabadan ko‘ra ko‘proq futbolchilar ko‘zidagi o‘t va ularning g‘alabaga o‘ta chanqoqligi zarur", - deya yozib qoldirdi Imomxo‘jaev.
Fikrlar