Diyor Imomxo‘jaev: FIFA "Andijon" masalasini kun tartibidan olib tashladi

  • 26 yanvar, 2021, 11:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zPFL direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev "Andijon" klubining legionerlar bilan yuzaga kelgan muammolari hal etilayotgani haqida o‘z "Telegram" sahifasida ma’lum qildi:

Tecno

"Andijon" Vitaliy Mirniy bilan ishni to‘liq yakunladi. FIFA bu bo‘yicha ishni kun tartibidan olib tashladi.

Radoslav Aleksich masalasi hali ochiq. Klub mazkur futbolchi bilan ishlashni boshlagan. Katta ehtimol bilan, uch kun ichida "Andijon" bu muammoni ham hal qiladi. Shuningdek, klub Ibe Mikael Okoro bilan qarzdorlikni 40 kun ichida bartaraf etishi kerak.

Eski "Andijon"dan qolib ketgan yana bir meros bor — Predrag Vuyovich. FIFA 25 fevralda ishni ko‘rib chiqadi. Klub esa allaqachon futbolchining yuristi bilan aloqaga chiqqan va muzokara davom etyapti. O‘ylashimizcha, Andijon 25 fevralni kutib o‘tirmay, bu ishni ham hal qilmoqchi.

Qolgani o‘zbekistonlik futbolchi va murabbiylar bilan qarzdorliklar masalasi. Bu borada Futbolchilar uyushmasi ish olib boradi va har bir da’vogar uchun alohida muddatlar kelishiladi.

"Andijon" klubining yangi rahbariyati oxirgi yarim yilda katta ishni amalga oshirdi. Ular klubni parallel ushlab turish bilan birga, eski "Andijon"ning barcha muammolarini ham hal qilish bilan band", - deb yozadi Diyor Imomxo‘jaev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!