
Diyor Imomxo‘jaev: Halqumidan boshqani o‘ylamaydigan agentlar Jaloliddinovning karerasini ostin-ustun qilib yuborishiga sal qoldi
Xabaringiz bor, Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi bilan shartnomani bekor qilgan Jasur Jaloliddinov "Andijon" a’zosiga aylandi. PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev bu haqda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Jasur Jaloliddinov faoliyatini "Andijon"da davom ettirishi umidli xabar bo‘ldi. Zero, xalqumidan boshqani o‘ylamaydigan agentlar uning karerasini ostin-ustun qilib yuborishiga sal qoldi.
Jaloliddinov o‘zi yaxshi bilgan murabbiy qo‘l ostida shug‘ullanadi. Qolaversa, agar unga Evropadan taklif tushsa, "Andijon" futbol klubi bu borada futbolchi manfaatidan kelib chiqib, qaror qabul qilishga kafolat beryapti", - deya yozib qoldirdi Imomxo‘jaev "Telegram"dagi kanalida.
Fikrlar