Diyor Imomxo‘jaev: OFK kubogi musobaqasining klublarimiz ishtirok etadigan guruh o‘yinlariiga O‘zbekiston mezbonlik qilishi mumkin

O‘zPFL direktorligi vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘z "Telegram" sahifasida mamlakatimizda OFK kubogi guruh bosqichini qabul qilish masalalari haqida post qoldirdi. 

"OFK kubogi musobaqasining klublarimiz ishtirok etadigan guruh bosqichiga O‘zbekiston mezbonlik qilishi mumkin. AGMK va "Nasaf" klublari bu borada o‘z roziliklarini bildirib ulgurdi. Chempionlar Ligasi guruh bosqichi mezbonligiga esa O‘zbekistondan ariza tashlanmadi.

Endilikda, OFK kubogi guruhi bosqichi mezbonligi uchun Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston raqobati vujudga keladi. Tashkiliy jihat va infratuzilma masalalarida biz, albatta, qo‘shnilarimizdan ustunroqmiz. Ammo ular bir emas, ikki guruhga mezbonlik qilishga rozi bo‘ldi. Biz esa faqatgina o‘zimizning klublar ishtirok etadigan guruh uchrashuvlarinigina so‘radik", - deb yozadi Imomxo‘jaev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!