Diyor Imomxo‘jaev: “Paxtakor” - “Buxoro” bahsini o‘zimizni hakamlar eplasa kerak, deb o‘ylabmiz"
O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev O‘zbekiston kubogi finalida bo‘lib o‘tgan "Paxtakor" — "Buxoro" (1:0) jamoalari uchrashuvidagi hakamlik borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Finalda prinsipial raqiblar to‘qnash kelsa, chetdan hakam olib kelish masalasini ko‘tarardik. “Paxtakor” - “Buxoro” bahsini o‘zimizni hakamlar eplasa kerak, deb o‘ylabmiz", — deya yozib qoldirdi Imomxo‘jaev o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida.
Ma’lumot uchun, ushbu o‘yinda "sherlar" g‘alaba qozonib, o‘z tarixida o‘n to‘rtinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar