Dmitriy Bivool jang qilgan eng kuchli zarbaga ega bokschi kim?

  • 11 oktabr, 2024, 16:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yarim og‘ir vaznda WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Dmitriy Bivol o‘zi kurashgan raqiblaridan qaysi biri eng kuchli zarbaga ega ekanini aytdi.

"Eng kuchli zarbaga ega raqibim - Jan Paskal edi. U tez, o‘tkir va juda og‘ir zarba berardi. Garchi 2018 yilda ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongan bo‘lsam-da, bu bahs oson o‘tmagaganini tan olishim zarur", - deb Bivoldan iqtibos keltirdi "talkSport".

Eslatib o‘tamiz, 12 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Dmitriy (23-0, 12 KO) Artur Beterbiev (20-0, 20 KO) bilan mutlaq chempionlik uchun jang o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!