Dmitriy Xudyakov Oktagon ligasida "Yil murabbiyi" deya e’tirof etildi!

  • 9 yanvar, 2024, 19:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Markaziy Osiyoning eng kuchli promoushenlaridan biri sanaluvchi Oktagon ligasi yilning eng yaxshilarini e’lon qilmoqda.

Quvonarlisi, ular orasida "Yil murabbiyi" nomiga hamyurtimiz Dmitriy Xudyakov sazovor bo‘ldi. Albatta, Fight Baza klubi ustozining ushbu ligada 3 nafar shogirdi amaldagi chempion xisoblanadi.

Jumladan, yarim engil vazn (65,8 k) toifasida Muhammadjon Qurbonov, engil vazn (70,3 kg)da Doston Bozorov, o‘rta vazn (83,9 kg) toifasida Islom Baltaev chempionlik kamar sohiblari sanaladi. Albatta, ushbu e’tirof bilan Dmitriy Xudyakovni saytimiz nomidan muborakbod etamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!