Donald Trampning shaxsan o‘zi UFC turnirini o‘tkazadi!

  • 17.02.2026 11:05
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC rahbari Dana Uayt Oq Uyda bo‘lib o‘tadigan turnir kardini shakllantirishda AQSh prezidenti Donald Tramp ham ishtirok etishini ma’lum qildi.

"Biz ko‘plab g‘oyalarni ko‘rib chiqmoqdamiz. Kreyg Borsari, men, Prezident Tramp va uning jamoasi bilan nafaqat tashkilotchilik, balki turnir kardini ham muhokama qilish uchun Vashingtonga uchib ketyapmiz. Bizda uch hil variant bor hamda biz unga nima yoqishi va nima yoqmasligini ko‘rib chiqamiz. Bu turnir mutlaqo ajoyib, noyob, maxsus va juda qimmat bo‘ladi", – deya  Uaytning so‘zlarini keltirdi "MMA Fighting" nashri.

Eslatib o‘tamiz, Oq Uydagi janglar oqshomi 14 iyun kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!