
Donnarumma: “Biz murabbiylar bilan penaltilar seriyasi uchun oldindan bir narsa tayyorlagan edik”
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma “Liverpul”ga qarshi kechgan og‘ir uchrashuvdan so‘ng unga bo‘lgan tanqidlar va nega penaltilar seriyasidan avval kiyim almashtirish xonasiga yugurgani haqida gapirdi.
"Birinchi o‘yindan keyin Frantsiyadagi ayrim jurnalistlardan ko‘p tanqid oldim, lekin ular darvozabon bo‘lish nimani anglatishini ham bilishmaydi.
Men tabassum qilishda davom etaman. Shu bilan birga, PSJ uchun astoydil mehnat qilishda ham davom etaman. Shuni ham ta’kidlashim kerak, bugun juda baxtliman.
Penaltilar seriyasi oldidan kiyim almashtirish xonasiga nega yugurdim? Chekish uchun (kuladi). Yo‘q, aslida darvozabonlar murabbiyi bilan oldindan bir narsa tayyorlagan edik" – deya italiyalik posbon o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli darvozabon kechagi bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shu orqali, parijliklar keying bosqichga yo‘l olib, “Aston Villa” yoki “Bryugge” kabi jamoalardan birini kutmoqda.
Fikrlar