Doston Hamdamov: "Futbol tilida aytganda "desyatka" ampluasiga oʻyinchi olsak boʻlgani"
"Paxtakor" klubi yetakchi futbolchilaridan biri Doston Hamdamov Turkiyadagi yig‘in, bo‘lajak rejalari va maqsadlari haqida klub matbuotiga intevyu berdi.
"Turkiyadagi birinchi xorij yig‘inini boshladik. Jismoniy tayyorgarlikka zo‘r beryapmiz. O‘tgan yilni ikkinchi davrasini chiroyli o‘tkazdik. Shu saviyada o‘ynashimiz kerak.
Faqat Igor Sergeevni o‘rnini bosa oladigan bitta yaxshi hujumchi va futbol tilida aytganda "desyatka" ampluasiga o‘yinchi olsak bo‘lgani. Qolgan nuqtalarda raqobat kuchli, qolaversa akademiyamizni juda ko‘plab iste’dod egalari kerakli joylarni yopa oladilar. Paytida biz ham shunday yosh bo‘lib katta maydonga kirib kelganmiz.
- Faoliyatimda bir marotaba "trebl" qayd etganman. Buni takrorlaydigan payt keldi deb o‘ylayman. 2026 yildagi "Paxtakor" oldida maqsadlar katta. Superkubokni qo‘shib hisoblaganda, 4 ta musobaqada yaxshi ishtirok etishimiz kerak. Qolaversa, o‘zim O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida o‘rin olish uchun mehnat qilishim kerak. Bu yil fan klubimiz va homiylarimizni xursand qilamiz", - dedi Hamdamov
Ma’lumot uchun, 5 marotaba O‘zbekiston chempioni va uch karra kubok sohibi bo‘lgan 29 yoshli vinger "Paxtakor" safida 207 ta o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol urgan va 40 ta assistni amalga oshirgan.
Fikrlar