Doston Hamdamov: Karantindan keyin avvalgi holatga qayta oldikmi yoki yo‘qmi, bir nima deyishim qiyin

  • 27.06.2020 16:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Paxtakor" yarim himoyachisi Doston Hamdamov "Qizilqum"ga qarshi o‘yinda hisobni ochib, "sherlar"ning g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi. Bellashuvdan so‘ng  u klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarlarini bildirdi.

- O‘yin qiyin kechishini bilardik, chunki hozir har bir jamoa bizga qarshi himoyaga chuqur o‘tgan holda o‘ynamoqda. Shunga qaramay, murabbiyimiz tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni bajarib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Gol urishimda jamoadoshlarim mehnati katta bo‘ldi. Futbol jamoaviy o‘yin, unda g‘alabalar ham, mag‘lubiyatlar ham jamoa bilan birga bo‘ladi.

Karantindan keyin avvalgi holatga qayta oldikmi yoki yo‘qmi, bir nima deyishim qiyin. O‘ylashimcha, asta-sekinlik bilan yaxshi holatga kirib boryapmiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!