Dovbik faoliyatini "Milan"da davom ettirishga tayyor
"Roma"ning ukrainalik markaziy hujumchisi Artyom Dovbik A Seriyaning boshqa klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, hujumchi o‘z faoliyatini "Milan"da davom ettirishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Dovbik "rossonerilar" safiga ijara asosida o‘tishni rejalashtirmoqda.
Futbolchining transfer qiymati 30 million evroga baholanmoqda. O‘tgan mavsumda Artyom 45 ta o‘yinda ishtirok etib, 17 ta gol urgan va to‘rtta golli uzatma bergan. Yangi mavsumda esa Dovbik ikki o‘yinda qatnashdi, ammo hali gol urishga muvaffaq bo‘lmadi.
Fikrlar