
Dragan Cheran bitta goldan mahrum bo‘ldi
Superliga 20-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Paxtakor” uchrashuvida (0:6) toshkentliklar Dragan Cheran hisobiga yozilgan ikkinchi goli O‘FA hakamlar va inspektorlar bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi va avtogol, deb topildi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.
O‘yin qaydnomasi va hakam raportiga ham o‘zgartirish kiritildi.
Superliga, 20-tur
24 oktyabr, shanba
SURXON – PAXTAKOR 0:6
Gollar: Eren Derdiyok, 41 (0:1), Asror G‘ofurov, 43 avtogol (0:2), Akromjon Komilov, 45+1 (0:3), Igor Sergeev, 53 (0:4), Jaloliddin Masharipov, 60 (0:5), Javohir Sidiqov, 79 (0:6)
Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Shuxrat Rajabov
Shu tariqa, Dragan Cheranning bu mavsum Superligada kiritgan gollari 21 ta emas, balki 20 tani tashkil qiladi.
Fikrlar