Dragan Cheran vodiy klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin!

  • 10.12.2024 11:28
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Neftchi" keyingi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Farg‘onaliklar bir qancha futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi va bu hali davom etadi.

Bizga ma’lum bo‘lishicha, "yo‘lbarslar"ning nishonida Dragan Cheran turibdi. Vodiyliklar bir necha mavsumdan beri to‘purarlikni xech kimga bermay kelayotgan Dragan uchun asosiy da’vogarga aylandi. Futbolchi va klub  muzokaralarning final qismini boshlagan. "Bunyodkor" va "Nasaf" kurashdan chiqdi.

Ma’lumot uchun, serbiyalik futbolchi joriy mavsum Superligada 22 ta o‘yinda qatnashib, 13 ta gol urdi va 4 bora golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!