
Drikus dyu Plessi va Xamzat Chimaev to‘qnashuvi uchun zaxira jangchisi tayinlandi
O‘rta vazn toifasida UFC chempioni Drikus dyu Plessi (23-2) va chechenistonlik Xamzat Chimaev (14-0) o‘rtasidagi to‘qnashuvda Nassurdin Imavov zaxira jangchisi sifatida tayinlandi. Bu haqda Frantsiyaning "RMC Sport Combat" portali xabar bermoqda.
Imavov (16-4) oxirgi marta fevral oyida oktagonga ko‘tarilib, Israel Adesanyani ikkinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etgan edi. U ayni paytda to‘rt jangdan iborat g‘alabali seriya qayd etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Dyu Plessi va Chimaev qarama-qarshiligi 17 avgust kuni "UFC 319" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar