
Dubayda shug‘ullanayotgan Jessi Lingardning xizmatlari "Barsa"ga taklif etildi
"Barselona" klubi qishki transferlar oynasi vaqtida "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Jessi Lingardni sotib olishi mumkin. Angliyalik iqtidor sohibining agentlari uni Kataloniya jamoasiga taklif qilgan.
"Diario Sport" nashrining xabar berishicha, 31 yoshli yarim himoyachi erkin agent sifatida "ko‘k-anorranglilar" safiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Hozirda u formasini saqlab turish uchun Dubayda shug‘ullanayapti.
Avvalroq, Lingardning xizmatlari "Lill" va Liga 1ning yana ikki jamoasiga taklif qilingani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar