
Duglas Kosta APLga ko‘chib o‘tishi mumkin
"Yuventus" yarim himoyachisi Duglas Kosta tez orada "Vulverxempton"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Tuttosport xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchining agenti Jorje Mendesh allaqachon APL klubi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Turinliklar ham ushbu transferga rozi. Agar Kosta jamoadan ketsa, “Yuve” uning o‘rniga Federiko Keza ("Fiorentina"), Stefan El-Shaaravi ("Shanxay Shenxua") yoki Yannik Ferreyra Karraskodan ("Atletiko") birini olib kelmoqchi.
30 yoshli Kosta “Yuventus” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 102 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 21 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar