Dunyo qilichbozlari Toshkentda jam bo‘ladi

CHERY AUTO

Toshkentda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi shafeligida 2019 yilning 16-17 noyabr kunlari qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha o‘smir qizlar o‘rtasida Jahon kubogi bo‘lib o‘tadi.

Poytaxtimizdagi Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘tadigan ushbu musobaqa O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz qilichbozlik federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabr kuni Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida ommaviy axborot vositalari uchun soat 15:00 Matbuot anjumani tashkil etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!