
Dunyoga mashhur nashr JCh-2022 ramziy terma jamoasiga Maguayrni va chempion jamoadan faqat bir futbolchini kiritdi
Mashhur WhoScored nashri kecha yakuniga etgan JCh-2022ning o‘z talqiniga ko‘ra ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Qizig‘i, ushbu tarkibda Angliya terma jamoasi himoyachisi Xarri Maguayr ham joy oldi. Aksincha, jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Argentina terma jamoasidan esa faqatgina bir futbolchi – Lionel Messi kiritildi.
Darvozabon: Dominik Livakovich (Xorvatiya, «Dinamo» Zagreb);
Himoyachilar: Ashraf Xakimi (Marokash, PSJ), Tiago Silva (Braziliya, «Chelsi»), Xarri Maguayr (Angliya, «Manchester Yunayted»), Teo Ernandes (Frantsiya, «Milan»);
Yarim himoyachilar: Kazemiro (Braziliya, «Manchester Yunayted»), Jud Bellingem (Angliya, «Borussiya» Dortmund), Brunu Fernandesh (Portugaliya, «Manchester Yunayted»);
Hujumchilar: Antuan Grizmann (Frantsiya, «Atletiko»), Kilian Mbappe (Frantsiya, PSJ), Lionel Messi (Argentina, PSJ).
Fikrlar