Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari e’lon qilindi

  • 31 mart, 2023, 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

L'Equipe nashri dunyoning eng ko‘p maosh oladigan murabbiylari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Unga ko‘ra, “Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone yiliga 29,8 million funt maosh bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Tecno

Ikkinchi o‘rindan "Manchester Siti"dan yiliga 19,7 million funt maosh oladigan Xosep Gvardiola joy olgan. Yillik 15,7 million funt sterling bilan “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp kuchli uchlikka kirgan.

Top-5 talikda, shuningdek, “Chelsi” bosh murabbiyi Grem Potter (yiliga 11,8 million funt) va “Yuventus” ustozi Massimiliano Allegri (yiliga 11,29 million funt) bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!