Dunyoning eng kuchli yarim himoyachisi qaysi jamoada o‘ynaydi?
"Top-10" futbolchi nomi ma’lum
Buyuk Britaniyaning FourFourTwo nashri ayni paytda jahon futbolida eng kuchli o‘n nafar yarim himoyachi nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, mavsumni nufuzli sovrinlarsiz yakunlagan jamoa – “Barselona” vakili Ilkay Gyundog‘an bugungi kunda eng yaxshi markaziy yarim himoyachi sifatida e’tirof etildi.
Kuchli o‘nlikka quyidagi futbolchilar kiritildi:
- Ilkay Gyundog‘an (“Barselona”);
- Bernardu Silva (“Manchester Siti”);
- Pedri (“Barselona”);
- Federiko Valverde (“Real” Madrid);
- Uorren Zair-Emeri (PSJ);
- Aleksis Mak Allister (“Liverpul”);
- Granit Jaka (“Bayer”);
- Luka Modrich (“Real” Madrid);
- Gavi (“Barselona”);
- Toni Kroos (“Real” Madrid).

Izohlar (0)