Dunyoning eng qimmat darvozaboniga so‘nggi marta imkon beriladi

  • 13 iyun, 2020, 11:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik darvozabon Kepa Arrisabalaganing "Chelsi"dagi taqdiriga mavsum oxirida nuqta qo‘yiladi.

Tecno

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, agar Kepa mavsumning qolgan uchrashuvlarida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishda davom etsa, u holda “aristokratlar” bosh murabbiyi Frenk Lempard rahbariyatdan yangi darvozabon sotib olishni so‘raydi.

Bundan avvalroq, London grandi Arrisabalaga o‘rniga "Ayaks" posboni Andre Onanani olib kelmoqchiligi haqida ham turli xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” Arrisabalagani 2018 yilda “Atletik”dan 80 mln evroga sotib olgan edi. U ayni damda dunyoning eng qimmat darvozaboni hisoblanadi.

Kepa joriy mavsum 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 41 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!