
Dunyoning eng qimmat himoyachisi qaerda o‘ynashini bilasizmi?
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi “Arsenal”ning frantsiyalik legioneri Vilyam Salibani jahon futbolning eng qimmatbaho futbolchisi, deb e’tirof etdi.
Ushbu markaz iste’dodli futbolchini 105 million evroga baholagan. Ayni paytda undan qimmat turadigan himoyachi yo‘q.
Markaz talqiniga ko‘ra, ikkinchi o‘ringa 102 million evroga baholangan “Benfika”ning markaziy himoyachisi Antoniu Silva loyiq ko‘rilgan.
Uchinchi o‘rin “Leyptsig”ning yosh himoyachisi Kastello Lyukebaga nasib qildi. Uning narxi 86 million evroga loyiq ekani qayd etildi.
Fikrlar