Dunyoning mashhur futbol yulduzlari O‘zbekistonga keladi

  • 14 avgust, 16:48
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 26-27 avgust kunlari mamlakatimiz sporti tarixida yana bir unutilmas sahifa ochiladi. Yurtimizga dunyoning eng mashhur futbol yulduzlari tashrif buyurmoqda. 

Tecno

Jumladan:
Dida — Jahon chempioni, "Milan" tarkibida UEFA Chempionlari Ligasining ikki karra g‘olibi.
Roberto Karlos — kuchli zarbalari bilan nom qozongan, dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri, Jahon chempioni, UEFA Chempionlar Ligasining uch karra g‘olibi.
Fabio Kannavaro — Jahon chempioni, "Oltin to‘p" sohibi, 2006 yilda jahonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan yagona himoyachi.
Marko Materatssi — Jahon chempioni, UEFA chempionlari ligasi g‘olibi.
Maykon — "Inter"ning eng yaxshi himoyachilaridan biri, UEFA Chempionlari Ligasi g‘olibi.
Kristian Zakkardo — 2006 yilgi jahon chempioni, italiyalik himoyachi.
Klarens Zeedorf — "Milan" afsonasi, Chempionlari ligasini uch xil klub bilan yutgan yagona futbolchi.
Serjino — "Milan"ning chap qanot himoyachisi, sermahsul uzatmalari bilan tanilgan.
Frank Riberi — "Bavariya" klubining afsonaviy yarim himoyachisi, UEFA Chempionlari Ligasi g‘olibi.
Kevin Kurani — Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi, "Shalke-04" klubi afsonasi.

Mazkur yulduzlar 26 avgust kuni "Humo Arena" sport majmuasida "BMB" hamda "Oil Star" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi-2025 uchrashuviga tashrif buyurishi va muxlislar bilan uchrashishi rejalashtirilgan. 

27 avgust sanasida esa dastur bo‘yicha bir qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston hamda Jahon futboli afsonalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi belgilangan. O‘yinning boshlanish vaqti hamda manzili haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

O‘zbekiston futzal federatsiyasi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!