Durang kimning foydasiga yoxud Andijondagi o‘yin haqida
O‘zbekiston Kubogi finalida o‘ynagan “Buxoro” klubi bu safar yana “Bobur arena”da endi “Andijon” mehmoni sifatida harakat qildi. Jamoalarning turnir jadvalidagi holatidan kelib ikkala klubga g‘alaba zarur edi. Bu tomonlar uchun muhim ahamiyat kasb etardi.
Maydonda keskin kurash kechdi. Tanaffusgacha darvozalar daxlsizligi saqlanib turdi. Ikkinchi taymda esa muxlislar ikkita gol guvohi bo‘ldilar. Avvaliga mehmonlar hisobni ochishgan bo‘lsa, oradan 11 daqiqa o‘tgach, himoyachi Abdulvohid G‘ulomov “Buxoro” darvozasini ishg‘ol qildi.
O‘yin davomida ikkala jamoada imkoniyatlar bo‘ldi. “Andijon” darvozaboni Erjan Tokotaev mahoratini ko‘rsatgan holda ayrim vaziyatlarda seyvlarni amalga oshirdi va gollardan saqlab qoldi. O‘z navbatida “Burgutlar”ning tezkor va xavfli hujumlarini yakunlash uchun yo‘llangan zarbalarga biroz aniqlik etishmadi.
Maydon egalari g‘alabaga yaqin edik, biroq yakunda 1:1 hisobi o‘zgarmay qoldi. “Andijon” esa kurashda davom etadi. Endi Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasining 4-turida Bahraynning “Al-Xaldiya” klubiga qarshi o‘yin uchun jamoa a’zolari 3 noyabr kuni safarga jo‘nab ketadi. O‘yin 5 noyabr kuni Manama shahrida bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak muhim bahsda “Burgutlar”ga omad tilaymiz.
“Andijon” - “Buxoro” - 1:1 (0:0).
1 noyabr. Andijon. “Bobur arena” stadioni. 5100 tomoshabin.
Hakamlar: Rustam Choriev, Shoxruh A’zamov, Azizbek Isaqov
Zaxira hakami: Isroil Imomnazarov
VAR: G‘ayrat Jo‘raev
AVAR: Maksim Nexochin
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Diyor Hotamqulov
“Andijon”: Erjan Tokotaev, Sunnatulloh Hamidjonov, Abdulvohid G‘ulomov, Shaxzod Azmiddinov, Kristian Novak, Sardor Azimov (Muhammadali Usmonov, 86), Muhammadkarim Toirov, Damir Temirov, Bektemir Abdumannonov (Doniyor Abdumannopov, 61), Usmonali Ismonaliev, Otabek Jo‘raqo‘ziev.
“Buxoro”: Otabek Boymurodov, Sardor Qulmatov, Marko Kolakovich, Frane Ikich, Shaxboz Jo‘rabekov, Ravshan Xayrullaev (Javohir Ro‘ziev, 69), Frane Chiryak, Yosip Tomashevich, Dominik Begich, Aziz Amonov (Ibrohim No‘’monov, 87), Toma Tabatadze (Bilol Tupliev, 69).
Gollar: Dominik Begich, 57 - 0:1. Abdulvohid G‘ulomov, 68 - 1:1.
Ogohlantirishlar: Toma Tabatadze, 61. Sardor Qulmatov, 64.



Fikrlar