
Dvalishvili o‘ta engil vazn toifasidagi eng xavfli jangchi kimligini aytdi. Bu chempion Shon O'Melli emas
UFC ning o‘ta engil vazn toifasi reytingida birinchi raqamli jangchi – gruziyalik Merab Dvalishvili amerikalik Kori Sendxagenni diviziondagi eng xavfli jangchi, deb atadi.
"Kori Sendxagen Shon singari uzun qo‘llarga ega. O'Melli chempionlik yo‘lida raqiblarini osongina mag‘lub etdi, ammo jiddiy raqiblar bilan deyarli jang qilmadi. Lekin endi u chempionlik unvonini TOP yigitlarga qarshi himoya qilishi kerak. Bizning divizionda kuchli jangchilar ko‘p”, — dedi Dvalishvili Bredli Martinga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 3 avgust kuni BAA ning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC on ABC 7" turnirida Sendxagen(17-4) Umar Nurmagomedov(17-0) bilan jang o‘tkazadi.
Fikrlar