Dyokereshning "Arsenal"ga transferi qachon yakunlanadi?

  • 10 iyul, 23:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sporting" hujumchisi Viktor Dyokeresh Londonning "Arsenal" jamoasiga o‘tish arafasida. Jurnalist Purple Panel’ning xabariga ko‘ra, ikki klub o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy ruhda davom etmoqda.

Tecno

Hozirda agentlar o‘rtasidagi komissiya to‘lovlari va transfer haqining tuzilishi bo‘yicha masalalar muhokama qilinmoqda. Shu bilan birga, hech qanday shoshilish yoki bosim mavjud emasligi ta’kidlangan.

27 yoshli futbolchi uchun o‘tgan mavsum juda muvaffaqiyatli o‘tdi — u 52 ta o‘yinda 54 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, forvardga joriy yoz davomida Angliyaning boshqa bir klubi - "Manchester Yunayted" ham jiddiy qiziqish bildirgani haqida xabarlar chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!