Dzanologa APLning yana bir klubi "og‘iz solmoqda"

  • 27 yanvar, 2023, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo "Bornmut"ga o‘tishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi 23 yoshli italiyalik futbolchi uchun 30 million evro taklif qilmoqchi. Bundan tashqari "Bornmut" shartnomaga futbolchining kelajakdagi transferidan "Roma"ga ma’lum foiz olish imkonini beruvchi bandni ham kiritishga tayyor.

Avvalroq, Dzanoloning xizmatlariga milanliklar ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "rossonerilar" rahbariyati allaqachon Dzanoloning agenti bilan shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qilgan. Endi qolgan hammasi futbolchining xohishiga bog‘liq.

Joriy mavsum Dzanolo “Roma” safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Italiya terma jamoasi futbolchisini 30 million evroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionatining joriy mavsumida “Bornmut” 20 ta uchrashuvda 17 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda.

Bundan avvalroq Nikolo Dzanolo “Tottenxem”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!