
Dzyuba qatorasiga ikkinchi yil ham Rossiyada "Yil futbolchisi" deb topildi
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi va Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba Rossiya futbol ittifoqi hamda "Sport-Ekspress" gazetasi talqini bo‘yicha Rossiyaning joriy yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Aytish kerakki, Dzyuba ushbu mukofotni ketma-ket ikkinchi yil qo‘lga kiritmoqda. Undan avval esa ushbu nomga Fyodor Smolov (2016) va Kvinsi Promes (2017) sazovor bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Dzyuba joriy mavsum “Zenit” safida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar