
Dzyuba yoki Sergeev? "Torpedo" tanlov amalga oshirgan ko‘rinadi
"Zenit" klubi sobiq hujumchisi Artyom Dzyuba "Torpedo"ga o‘tmaydigan bo‘ldi.
Moskva klubi forvard bilan muzokaralarni to‘xtatdi. Ular hujum chizig‘ini kuchaytirish borasida boshqa variantlarni ko‘rib chiqishni ma’qul deb biladi.
Dzyuba moskvaliklar tarkibini kuchaytirishiga ishonch yo‘q. Murabbiylar shtabi o‘yinni bir futbolchi atrofida qurmoqchi emas. Artyom esa jamoaviy futbolga mos kelmaydi.
Ma’lumot o‘rnida, legionerimiz Hojimat Erkinov ushbu klub sharafini himoya qilib kelmoqda. Shuningdek, "Torpedo" legionerimiz Igor Sergeevga ham qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar