Dzudo. Bugun o‘smirlar o‘rtasida nufuzli xalqaro turnir start oladi
Birozdan so‘ng Germaniyaning Berlin shahrida o‘smirlar o‘rtasida nufuzli xalqaro turnir boshlanadi.
Dunyoning 35 davlatidan 800 nafarga yaqin dzyudochi ishtirok etadigan musobaqada yurtimiz sharafini Aurelian-Chiprian Flis bosh murabbiyligadiga kadetlarimiz himoya qiladi.
Bugun qizlar -40, -44, -48 kg, o‘smir yigitlar esa -50, -55, -60, -66 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:
-50 kg: Ma’murjon Abduvahobov - Jolan Palmaers (Belgiya)/Duayn Krejchmar (Germaniya)
-55 kg: Bobur Yusupov - Topi Silen (Finlyandiya)
-55 kg: Shohjahon Usmonov - Ramis Asilbekov (Qirg‘iz Respublikasi)
-60 kg: Abubakr Sattorov - Dmitriy Lokk (Germaniya)
-60 kg: Davlatbek Ahrorov - Sebastyan Osterberg (Shvetsiya)
-66 kg: Akromjon Karimov - Maksim Garich (Serbiya)
Qizlar
-40 kg: Iroda Sirojiddinova - Zahra Guliyeva (Ozarbayjon)
-44 kg: Alina Kolyucheva - Fenne Piters (Belgiya)
-44 kg: Dilafruz Boltaboyeva - Trasey Gravenstiyn (Niderlandiya)
-48 kg: Charos Hikmatova - Yelen Kratzer (Germaniya)
Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar