Dzyudo. Ertaga O‘zbekiston chempionati boshlanadi

  • 22 noyabr, 2022, 21:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Ertaga “Universal” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida navbatdagi O‘zbekiston chempionati start oladi. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyuradigan polvonlar g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.  Kelgusi yil uchun terma jamoa tarkibini shakllantirib olishda muhim ahamiyat kasb etuvchi mazkur musobaqaga bo‘lgan qiziqish juda katta.

Tecno

MOQ matbuot xizmati, bu safargi mamlakat birinchiligida oltin medallar uchun da’vogarlik qiladigan sportchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi: 

-60 kg: Dilshod Baratov (Surxondaryo), Kemran Nurillaev (Samarqand), Kamoliddin Baxtiyorov (Qashqadaryo), Mirzohid Mahammadjonov (Farg‘ona). 

-66 kg: Artyom Shturbabin va Muhriddin Tilovov (Toshkent viloyati), Behruz Amandavlatov (Surxondaryo), Sardor Nurillaev (Samarqand).

-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev (Toshkent shahri), Hikmatillo To‘raev va Jaloliddin Boynazarov (Surxondaryo), Obidxon No‘’monov (Namangan), Shahram Ahadov (Buxoro). 

-81 kg: Muso Sobirov (Xorazm), Ramazon Allaberdiev (Surxondaryo), Ma’ruf Hidirov (Qashqadaryo), G‘iyos Boboev (Buxoro). 

+100 kg: Alisher Yusupov (Xorazm), Bekmurod Oltiboev (Surxondaryo), Muhammadkarim Xurramov (Samarqand), Elyor Masharipov (Qoraqalpog‘iston).

-90 va -100 kg vazn toifalaridagi ichki raqobatda boshqa vazn toifalariga qaraganda taniqli sportchilar kam. Shu bois, unda yangi nomlarni o‘zimiz uchun kashf qilishimiz mumkin. Ammo boshqa vaznlarda shiddat va raqobat eng yuqori darajada bo‘lishiga shubha yo‘q. Musobaqada yuqorida nomlari tilga olinmagan dzyudochilarni shohsupada ko‘rish ehtimoli ham yo‘q emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!