
Dzyudo. Kadetlarimiz jahon chempionatini 4-o‘rinda yakunlashdi
Bosniya va Gersegovinada kadetlar o‘rtasida jahon chempionati yakuniga etdi. So‘ngi kun dasturida -70 kg vazn toifasida barcha raqiblaridan ustun kelgan Barchinoy Qodirova oltin medalga sazovor bo‘ldi! Shuningdek, -90 kgda Abbos Shermahmatov kumush medal bilan taqdirlandi.
Ddzyudochilarimiz ushbu dunyo birinchiligida 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi.
Fikrlar