Dzyudo. Osiyo chempionati ilk kunida 8 ta medal qo‘lga kiritdik, umumjamoa hisobida birinchi o‘rindamiz

  • 19 iyul, 2022, 10:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Tailand poytaxti Bangkok shahri o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Tecno

O‘n olti davlat terma jamoalari ishtirok etayotgan qit’a birinchiligining dastlabki kungi Tohir Fayziev murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi dzyudochilari 4 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Bugungi bahslar oldidan O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan Qozog‘iston terma jamoasi hisobida 2 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bor. Kuchli uchlikka Mo‘g‘uliston terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta bronza medali bilan yakun yasagan. Hindiston 1 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan 4-o‘rinni band etgan.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!