Dzudo. O‘zbekiston Kubogi nihoyasiga yetdi
Uch kun davomida Termiz shahar Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida yoshlar oʻrtasidagi mamlakat kubogiga mezbonlik qildi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan jami 541 nafar dzyudochi belgilangan vazn toifalarida gʻoliblik yoʻlida bahs olib borishdi. Musobaqaning soʻnggi kuni ogʻir vaznlarda gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.
Yakunda Toshkent shahar jamoasi 4 ta oltin, 7 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi. Samarqand viloyati dzyudochilari 3 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan ikkinchi oʻrinni band etgan boʻlsa, kuchli uchlikka Surxondaryo viloyat jamoasi yakun yasadi. Mezbonlar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqishdi.
Soʻnggi kun gʻolib va sovrindorlari:
-100 kg vazn toifasi:
1. Jaʼfar Jumaev (Samarqand)
2. Javohir Xaytaliev (Toshkent shahri)
3. Musurmonqul Ahrorov (Toshkent shahri)
3. Alisher Rasulov (Buxoro)
+100 kg vazn toifasi:
1. Iskandar Mamayusupov (Surxondaryo)
2. Nursulton Nosirov (Qashqadaryo)
3. Samandar Yunusov (Andijon)
3. Muhammadjon Xurramov (Toshkent shahri)
QIZLAR:
-78 kg vazn toifasi:
1. Elnora Salimova (Samarqand)
2. Nafisa Asamatdinova (Toshkent shahri)
3. Shoira Aminova (Xorazm)
3. Nodira Eshpulatova (Surxondaryo)
+78 kg vazn toifasi:
1. Charos Abdullaeva (Surxondaryo)
2. Dilbar Nazarova (Surxondaryo)
3. Yulianna Shubladze (Toshkent shahri)
3. Kamola Solieva (Xorazm)
Bu haqida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar