
Dzyudo. O‘zbekiston terma jamoasi Frantsiyaga jo‘nab ketdi
Bugun dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi delegatsiyasi to‘rt yillikning eng asosiy musobaqasi hisoblangan Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etish uchun Frantsiyaga yo‘l oldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida jam bo‘lgan dzyudochilarimizning ota-onalari, yaqinlari delegatsiyamizni o‘z duolari bilan kuzatib qo‘yishdi. O‘zbekiston terma jamoasi dzyudochilari tarixda ilk bor 13 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi.
Parij-2024 Olimpiadasi litsenziantlari:
Erkaklar:
-60 kg: Doston Ro‘ziev
-66 kg: Sardor Nurillaev
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboev
+100 kg: Alisher Yusupov
Ayollar:
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva.
Fikrlar