Dzyudo. O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatining yarim finalida Mo‘g‘ulistonga qarshi tatamiga chiqadi

  • 31.08.2025 16:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi dunyo birinchiligining aralash jamoaviy bahslari davom etmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi aralash jamoaviy jahon chempionatining 1/2 finaliga qadar Frantsiyani 4:1, Qozog‘istonni 4:3 hisobida engdi. Endi hamyurtlarimiz yarim finalda mo‘g‘ulistonlik dzyudochilarga qarshi tatamiga chiqadi.  

81 kg: Inomjon Bahodirov — Temuulen Bayarjavhlan 

+63 kg: Umida Nig‘matova — Maralmaa Hurelchuluun 

+81 kg: Alibek Durdiev — Amartuvshin Namsrayjav

-48 kg: Dinora Hasanova — Mishil Altanshagay

-60 kg: Muhammadkarim Nosirov — Tegsh-Ochir Narmandah

-63 kg: Maftuna Ahmedova — Tsendbazar Mashbat

Ma’lumot uchun, Mo‘g‘uliston 1/8 finalda Xitoy Taypeyini 4:2, 1/4 finalda ancha kuchli hisoblangan IJF bayrog‘i ostida qatnashayotgan rossiyalik dzyudochilarni 4:3 hisobida mag‘lub etishdi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!