Asosiy mazmunga oʻtish

Dzyudo. Terma jamoamiz Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turnirini 2 ta medal bilan yakunladi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Bugungi bellashuvlarda vakillarimiz omadsizlikka uchrashdi.

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi uchun Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turniri nihoyasiga etdi. Bugun og‘ir vazn toifasida qatnashgan vakillarimiz medallar uchun kurashni erta tark etishdi.

Jumladan, Bekmurod Oltiboev (+100 kg) ikkinchi bosqichda tojikistonlik Temur Rahimovga, Otabek To‘raboev (-100 kg) uchinchi davrada kanadalik Kayl Raysga, Irisxon Qurbonboeva (-78 kg) esa ilk davrada sloveniyalik Metka Lobnikka imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, terma jamoamiz ushbu musobaqani 2 ta medal bilan yakunladi. Aytish kerakki, delegatsiyamiz safida Diyora Keldiyorova (-52 kg) kumush, Shahram Ahadov (-66 kg) esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q