Dzyudo. Terma jamoamizjahon chempionatini fantastik tarzida boshladi!
Uch final — uch g‘alaba!
Bolgariyaning Sofiya shahrida start olgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining birinchi kungi saralash bellashuvlari yakuniga etdi.
Terma jamoamiz esa musobaqani fantastik tarzida boshladi.
Uch oltin — O‘zbekiston g‘aznasida!
Dilafruz Boltaboeva (-40 kg) — jahon chempioni bo‘lgan uchinchi o‘zbek qizi! Diyora Keldiyorova va Barchinoy Qodirovaning Bosniyadagi tarixiy g‘alabasidan keyin O‘zbekiston kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yana oltin medalga ega chiqdi. Kuchli xarakter va yorqin final - munosib g‘alaba!
Xushnud Sultonov (-50 kg) — bukilmas iroda va har bir harakatiga bo‘lgan ishonch. Uning oltin medali shu kuni jamoaning ikkinchi cho‘qqisi bo‘ldi.
Xushnudbek Burxonov (-55 kg) — chaqmoqdek tezkor va murosasiz! U terma jamoamizning umumiy g‘alabasini uchinchi oltin medal bilan mustahkamladi.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Izohlar (0)