Dzyudo. Terma jamoamizning jahon chempionatida qatnashadigan tarkibini e’lon qilindi

  • 20 aprel, 2023, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

7-14 may kunlari Qatar poytaxti Doxa shahrida dzyudo bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada butun dunyodan tashrif buyuradigan sportchilar jahon chempionligi qatori Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘lida eng yirik reyting ochkolari uchun ham kurash olib borishadi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi unda yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar nomini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, terma jamoamiz quyidagi tarkibda jahon chempionatiga yo‘l oladi:

Tecno

Erkaklar:
-60 kg: Dilshod Baratov
-66 kg: Sardor Nurillaev va Muhriddin Tilovov
-73 kg: Obidxon No‘’monov va Murodjon Yo‘ldoshev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboev
+100 kg: Alisher Yusupov va Shohruh Baxtiyorov

Ayollar:
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova va Sita Qadamboeva
-57 kg: Nilufar Ermagambetova va Shukurjon Aminova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova va Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva
+78 kg: Rinata Ilmatova

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!