Dzyudo va paradzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi

  • 4 dekabr, 2020, 11:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Bugun poytaxtimizdagi «Universal» sport saroyida dzyudo va paradzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga start berildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Bu yilgi mamlakat birinchiligida 500 nafarga yaqin dzyudochi jami 14 ta vazn toifasida tatamiga chiqadi. Reglamentga ko‘ra, bugun engil vazn toifasidagi bellashuvlar o‘tkaziladi va kunning ikkinchi yarmida erkaklarda -60, -66 kg, ayollarda -48, -52 va -57 kg vaznlarda O‘zbekiston chempionatining g‘olib hamda sovrindorlari ma’lum bo‘ladi.

Musobaqa kunlari paradzyudo bo‘yicha ham O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi. Bugun paradzyudo bahslarida erkaklar -60 va -66 kg, ayollar esa -48 va -52 kg vaznlarda tatamiga chiqishadi. Saralash bahslari har kuni soat 10:00da start oladi. Soat 17:00dan esa medallar uchun kechadigan final bellashuvlari boshlanadi. Shuningdek, bugun soat 16:00 da musobaqaning tantanali ochilish marosimi ham o‘tkaziladi.

4 dekabr kungi dastur:

Erkaklar (dzyudo): -60, -66 kg. Ayollar: -48, -52, -57 kg

Erkaklar (paradzyudo): -60, -66 kg. Ayollar (paradzyudo): -48, -52 kg

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!