
Dzyudochilarimiz Dushanbe “Katta dubulg‘a” turnirini kumush va bronza medallari bilan boshlashdi
Bugun Tojikiston poytaxtida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri start oldi. Engil vazn toifalarida kechgan dastlabki kun bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Kumush medalni -52 kg vazn toifasida bellashgan Muhayyo Ahtamova qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz finalda jamoaviy yo‘nalishda ikki karra Olimpiada chempioni, fransiyalik Amandin Busharga imkoniyatni boy berdi. Bronza medalini esa -66 kg vazn toifasida kurashgan Artyom Shturbabin jamoamiz hisobiga keltirdi.
Kumush medal:
-52 kg: Muhayyo Ahtamova
Bronza medal:
-66 kg: Artyom Shturbabin
Fikrlar