Dzyudochilarimiz III Yoshlar Osiyo o‘yinlari ishtirok etish uchun Bahraynga jo‘nab ketdi

  • 27.10.2025 13:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston kadetlar terma jamoasi delegatsiyasi Bahrayn poytaxti Manama shahri mezbonlik qilayotgan III Yoshlar Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi. 

Ushbu kompleks musobaqa dasturidan o‘rin olgan dzyudo bahslari 29-30 oktyabr kunlari jami 16 ta vazn (8 ta o‘smirlar, 8 ta qizlar) toifasida bo‘lib o‘tadi. Terma jamoamiz to‘liq tarkibda Osiyo o‘yinlari medallari uchun bahslarga kirishadi.

-50 kg: Shohjahon Usmonov
-55 kg: Abubakr Sattorov 
-60 kg: Davlat Ahrorov
-66 kg: Sultonbek Qo‘ldoshboev 
-73 kg: Mirzohid Xudoyqulov 
-81 kg: Samandar Sunnatov 
-90 kg: Jo‘rabek Eshpo‘latov 
+90 kg: Alibek Durdiev 

-40 kg: Dilafruz Boltaboeva 
-44 kg: Alina Kolyucheva 
-48 kg: Diana Azambekova 
-52 kg: Zuhra Alimova 
-57 kg: Gulsanam Hazratova 
-63 kg: Maftuna Ahmedova 
-70 kg: Shohista To‘raeva 
+70 kg: Xonzodabegim Usmonqulova  

Murabbiylar - Aurelian Chiprian-Flis, Gelaniy Ozdaev, Fayoz Yusufov

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!